“39-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasida Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi; Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi; Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi; Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tuzilishi shart. Qonunchilik palatasida boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin”;
12) 41-moddaning 4-bandidagi “kiritilgan qonun loyihalarini” degan soʻzlar “kiritilgan qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 44-moddaning birinchi qismi:
2-bandidagi “qonun loyihalarining” degan soʻzlar “qonun loyihalarining, qonunchilik takliflarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “qonunlarning” degan soʻzlar “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) qonunchilik takliflari yuzasidan xulosalar beradi, qonunchilik taklifini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi”;
7-bandidagi “kiritilgan qonun loyihalarini” degan soʻzlar “kiritilgan qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81) qonunchilik taklifi tashabbuskorlari tomonidan kiritilgan qonunchilik taklifiga taalluqli masalalar yuzasidan ushbu tashabbuskorlar vakillarining fikrlarini eshitadi”;
9-bandidagi “oʻzgartish” degan soʻz “oʻzgartirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
11-bandidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
13-bandidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 56-moddaning uchinchi qismidagi “mumkin” degan soʻz “kerak” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 57-moddaning birinchi qismidagi “toʻqqiz” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 60-moddaning birinchi qismi:
4-bandidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
