“27-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari xalqaro parlament tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirishni amalga oshiradi, boshqa davlatlarning parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlar, komissiyalar, qoʻmitalar, ishchi guruhlar va boshqa tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, parlamentlararo diplomatiyani rivojlantirishni amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarning hukumat tomonidan bajarilishini nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek vazifalar taqsimotiga binoan tashkiliy va boshqa vazifalarni bajaradi”;
7) 29-moddadagi “yarmidan koʻpi” degan soʻzlar “koʻpchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 31-moddadagi “oʻrinbosarlaridan biri” degan soʻzlar “oʻrinbosari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 32-moddaning:
birinchi qismidagi “koʻpchilik ovozi bilan” degan soʻzlar “uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala deputatlar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
10) 36-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonunchilik taklifini (bundan buyon matnda qonunchilik taklifi deb yuritiladi) Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish toʻgʻrisida masʼul qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi”;
11) 39-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
