“198-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpining ovozini toʻplay olmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Reglamentning 193 — 197-moddalariga muvofiq oʻtkaziladi”;
55) 199-moddaning:
uchinchi qismidagi “koʻrib chiqish” degan soʻzlar “eshitish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “koʻrib chiqish” degan soʻzlar “eshitish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
56) 200-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
