“193-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (4166-IV-son) · Sana: 20.03.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqadi”;
50) 194-moddaning:
birinchi qismidagi “va tasdiqlanayotganda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
51) 195-moddaning:
birinchi qismidagi “va senatorlarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatlar savollariga javoblar tugaganidan keyin fraksiyalarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod yuzasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi boʻyicha oʻz fikrlari va nuqtai nazarlarini bildirishi mumkin”
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi, fraksiyalar vakillarining oʻz fikrlari va nuqtai nazarlari bayon etilgan chiqishlari eshitilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini maʼqullash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi”;
52) 196-moddaning birinchi qismidagi “tasdiqlash” degan soʻz “maʼqullash” degan soʻz bilan almashtirilsin;
53) 197-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun deputatlar umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi”;
ikkinchi qismidagi “lavozimiga nomzodni tasdiqlash” degan soʻzlar “nomzodini maʼqullash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
54) 198-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
