“491-modda. Gʻayriqonuniy ravishda kesilgan yoki yoʻq qilingan daraxtlar va butalar oʻrniga daraxt va buta koʻchatlarini ekish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-916-son) · Sana: 29.02.2024 · Amalda
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlari gʻayriqonuniy ravishda kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan taqdirda, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs gʻayriqonuniy ravishda kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan har bir daraxt va buta oʻrniga kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan daraxtlar va butalardan qimmatbaholigi jihatidan kam boʻlmagan yuz tup daraxt va buta koʻchatini daraxt va buta kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan joyga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organining qaroriga koʻra, oʻz hisobidan ekishi (ushbu joyda daraxt va buta koʻchatlarini ekish uchun yer maydoni yetarli boʻlmagan hollarda, daraxt va buta koʻchatlarining qolgan qismi tegishli maʼmuriy-hududiy birlikdagi boshqa joyga ekiladi) hamda ularni uch yil davomida parvarish qilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qarori huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda gʻayriqonuniy ravishda kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan har bir daraxt va buta oʻrniga kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan daraxtlar va butalardan qimmatbaholigi jihatidan kam boʻlmagan yuz tup daraxt va buta koʻchatini daraxt va buta kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan joyga, shuningdek daraxt va buta koʻchatlarining qolgan qismini tegishli maʼmuriy-hududiy birlikdagi boshqa joyga ekish va ularni uch yil davomida parvarish qilish masalasi sud tartibida hal etiladi.
Gʻayriqonuniy ravishda kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan daraxtlar va butalarning qiymatini, kesilgan va (yoki) yoʻq qilingan daraxtlar va butalar oʻrniga ekiladigan koʻchatlarning turlarini, shuningdek ularni ekish muddatlarini hamda joyini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) quyidagi mazmundagi 492-modda bilan toʻldirilsin:
