“91-modda. Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala fraksiyalar, qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi Qonunchilik palatasi qarori oldindan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, unda tegishincha Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi”;
9) 10-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
