“10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda, oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar, qoʻmitalar tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi. Qonunchilik palatasining, Senatning davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish toʻgʻrisidagi qarori oldindan tegishli davlat organiga yuboriladi.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda tegishincha davlat organlari rahbarlarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori tegishli davlat organiga yuboriladi”;
10) 103-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
