“331-modda. Qonunchilik taklifi va uni koʻrib chiqish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari, Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
Qonunchilik taklifi Qonunchilik palatasiga kiritilganidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”;
14) 34-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qonunchilik palatasi oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi oʻzini oʻzi tarqatib yuborgan taqdirda yangi saylov ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi favqulodda holat amal qilib turgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini Senat bajaradi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy qonunlari mustasno”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda, № 5, 261, 265-moddalar, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda, № 12, 884-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 983-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
