221-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va maʼqullash
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ularning nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzod u masʼul qoʻmita, fraksiyalar tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining lavozimiga nomzod uning nomzodi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda va maʼqullanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik choralarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodni rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqish va maʼqullash uchun yangi nomzodni kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi”;
17) 25-modda chiqarib tashlansin;
18) 261-moddaning:
nomidagi “har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish” degan soʻzlar “har yilgi maʼruzasini eshitish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish” degan soʻzlar “har yilgi maʼruzasini eshitish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish” degan soʻzlar “har yilgi maʼruzasini eshitish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 262-moddaning:
