“16-modda. Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organlariga yuboriladi”;
17) 17-moddaning:
birinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuziladi.
Maxsus komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni va olimlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
