“12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi”;
13) 13-moddaning ikkinchi qismidagi “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari” degan soʻzlar “Budjet va iqtisodiy masalalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 14-moddaning:
birinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Parlament soʻroviga yozma javob, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi”;
15) 15-moddaning:
birinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
16) 16-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
