40-modda. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Saylov okruglari boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy soni;
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlarning sonini;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
