8-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining majburiyatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari:
tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi hisobotni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etishi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning Oʻzbekistonda belgilab qoʻyilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
