7-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari
“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari bunday faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish;
tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
