“201-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻruvchi sudlar
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-889-son) · Sana: 25.12.2023 · Amalda
Apellatsiya shikoyatlari (protestlari):
tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan;
hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi”;
14) 203-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin”;
15) 207-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
16) 209-modda:
birinchi qismining 2-bandidagi “qonunchilikka” degan soʻz “qonunga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “kassatsiya shikoyati (protesti)” degan soʻzlar “taftish shikoyati (protesti)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
