3851-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-887-son) · Sana: 25.12.2023 · Amalda
Apellatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi”;
16) 386-modda birinchi qismining 3-bandidagi “chiqargan” degan soʻz “qabul qilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 387, 388 va 389-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
