“301-modda. Servitut toʻgʻrisidagi shartnoma
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-871-son) · Sana: 23.10.2023 · Amalda
Yer uchastkasiga nisbatan servitut toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak boʻlgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud boʻlganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
