7-modda. Bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish uchun asoslar
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Xoʻjalik sudida bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish uchun qarzdor kreditorning (kreditorlarning), prokurorning yoki vakolatli organning arizasi asos boʻladi.
Quyidagi hollarda bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish mumkin:
xoʻjalik yuritish subyekti oʻzi eʼtirof etgan daʼvo talablarini uch oy mobaynida qanoatlantirishga yoxud ijro hujjatlari boʻyicha qarzini toʻlashga qodir boʻlmasa;
agar xoʻjalik yuritish subyekti shartnomadagi summani toʻlash haqida yozma ravishda talabnoma olganidan keyin uch oy mobaynida toʻlay olmagan boʻlsa;
qarz majburiyatlarining qiymati xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulkining qiymatidan oshib ketsa;
xoʻjalik yuritish subyekti iqtisodiy jihatdan nochor ahvolga tushib qolganligini oʻzi eʼtirof etsa.
Bankrot boʻlganlikka doir ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan alohida jihatlar bundan mustasnodir.
