6-modda. Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda kreditorlar nazorati ostida tugatilishi
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi toʻgʻrisida va bankrot boʻlganligi haqida rasmiy ravishda eʼlon qilishi xususidagi qarorni xoʻjalik yuritish subyekti rahbari kreditorlar bilan birgalikda xoʻjalik yuritish subyekti rahbari iqtisodiy ahvolining tahlili asosida, xoʻjalik yuritish subyekti oʻz majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni toʻlay olmasligi va uning toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyati yoʻqligi shu tahlil natijasida aniqlangach, qabul qiladi.
Bu qarorni qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulkining egasi hamda vakolatli organ tasdiqlaydi.
Vakolatli organ (xoʻjalik yuritish subyektining mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hollarda) yoki ushbu xoʻjalik yuritish subyekti kreditorlaridan birining xoʻjalik yuritish subyektining oʻzini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi boʻlmasligi xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlganligi xususida xoʻjalik sudida ushbu Qonunning III boʻlimida belgilab qoʻyilgan tartibda ish yuritishni qoʻzgʻatishga sabab boʻladi;
Qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti oʻzini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorini mazkur xoʻjalik yuritish subyektining mulkdori va vakolatli organ tasdiqlagan paytdan eʼtiboran tugatilish jarayonidagi xoʻjalik yuritish subyekti deb hisoblanadi. Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi toʻgʻrisidagi eʼlon rasmiy matbuotda chop etiladi.
