4-modda. Fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar teng huquqliligi
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (618-I-son) · Sana: 01.05.1998 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uygʻotish yoxud ularning diniy yoki dahriylik eʼtiqodi bilan bogʻliq his-tuygʻularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hech kim diniy eʼtiqodini roʻkach qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishga haqli emas. Qonunga muvofiq bajarilishi majburiy boʻlgan bir vazifani diniy eʼtiqodi tufayli boshqasi bilan almashtirishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
