21-modda. Advokatni davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan ishda ishtirok etish uchun jalb qilish tartibi
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (O‘RQ-848-son) · Sana: 16.06.2023 · Amalda
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlarning navbatchilik jadvaliga asosan quyidagi hollarda advokatlardan birini ishda ishtirok etish uchun jalb qilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlarini oʻtkazish zarur boʻlganda;
texnik muammolar sababli “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatni tanlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda;
dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunlari boshlanganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud advokatni “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tanlash imkoniyati mavjud boʻlmaganligi va ishda ishtirok etish uchun navbatchi advokat jalb qilinganligi asoslari haqidagi axborotning mazkur axborot tizimi orqali onlayn rejimda ishlash imkoniyati boshlangan paytdan eʼtiboran oʻn ikki soatdan kechiktirmay kiritilishini taʼminlashi shart.
