13-modda. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida (O‘RQ-848-son) · Sana: 16.06.2023 · Amalda
Davlat hisobidan yuridik yordam maxsus vakolatli davlat organi va advokat oʻrtasida elektron shaklda tuziladigan shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida koʻrsatiladi.
Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
advokat haqidagi maʼlumotlar, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holda;
shartnomaning predmeti;
shartnomaning amal qilish muddati;
advokat tomonidan davlat hisobidan koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun haq toʻlash shartlari;
taraflarning huquq va majburiyatlari.
Shartnoma mazmuniga doir ushbu Qonunda nazarda tutilmagan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
