16-modda. Patent berish haqidagi talabnomani topshirish
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (395-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Patent berish haqidagi talabnoma muallif (hammualliflar), ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Vazirlikka topshiriladi.
Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, Vazirlikda roʻyxatga olingan patent vakili orqali yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin. Boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega boʻlmagan fuqarolari va boshqa davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy manzili boʻlmagan yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari patent olish va uni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga talabnoma beruvchi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
