43-modda. Davlat kafolati berilmaydigan majburiyatlar
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Quyidagi majburiyatlar boʻyicha davlat kafolati berilmaydi:
jismoniy shaxslarning majburiyatlari boʻyicha;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foizdan kam boʻlgan yuridik shaxslarning majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiyatlari boʻyicha;
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida turgan va oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;
notijorat tashkilotlarining majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldida muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;
texnik-iqtisodiy asosi talab etiladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun texnik-iqtisodiy asossiz mablagʻ jalb qilinishi natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha.
