4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari davlat qarzini boshqarish sohasida:
davlat qarzi boʻyicha cheklangan miqdorlarni va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv doirasida xususiy sherikka beriladigan kafolatlar boʻyicha yillik limitlarni belgilaydi;
davlat qarzini boshqarish strategiyasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;
davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi, shuningdek davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi haqidagi, shu jumladan davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning bajarilishi jarayoni hamda natijadorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;
davlat qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan ellik foizga yetganda ushbu Qonun 35-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni muhokama qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
