39-modda. Davlat gʻaznachilik obligatsiyalari
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat gʻaznachilik obligatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari oʻrtasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari oʻrtasida joylashtirilishi mumkin.
Vakolatli organ davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini quyidagi turlarda chiqarishi mumkin:
qatʼiy belgilangan stavkali obligatsiyalar;
oʻzgaruvchan stavkali obligatsiyalar;
diskont obligatsiyalar (nol kupon stavkali obligatsiyalar);
inflyatsiyaga bogʻlangan obligatsiyalar.
Vakolatli organ davlat gʻaznachilik obligatsiyalarini qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa turlarda ham chiqarishi mumkin.
