10-modda. Davlat qarzini boshqarish
Davlat qarzi toʻgʻrisida (O‘RQ-836-son) · Sana: 29.04.2023 · Amalda
Davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat:
davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni boshqarish;
davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish;
davlat qarzini restrukturizatsiya qilish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni qaytadan kreditlash;
davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;
davlat qarziga oid shartnomalarning va davlat kafolatlarining roʻyxatini yuritish;
davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;
davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatilishini taʼminlash va davlat kafolatini bajarish.
