“861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-833-son) · Sana: 26.04.2023 · Amalda
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan erdagi maʼmuriy sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar, 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan toʻldirilsin:
