“311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan boshqa sudga oʻtkazish
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-833-son) · Sana: 26.04.2023 · Amalda
Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi”;
3) 75-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan sud uchun iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha majburiydir”;
4) 124-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa”;
5) 192-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
