“273-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra maʼmuriy suddan boshqa sudga oʻtkazish
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-833-son) · Sana: 26.04.2023 · Amalda
Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi”;
5) 45-moddaning ikkinchi qismi “arz qilingan talabni tan olish” degan soʻzlardan keyin “yoxud kelishuv bitimi tuzish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 46-moddaning toʻqqizinchi qismi “hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi” degan soʻzlardan keyin “bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno”;
8) 67-moddaning matni quyidagi mazmunda bayon etilsin:
“Agar ushbu Kodeksda maʼmuriy ishlar boʻyicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
