“11-modda. Sudning faol ishtiroki
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-833-son) · Sana: 26.04.2023 · Amalda
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan maʼmuriy ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshiradi.
Sud oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplaydi, shuningdek maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni toʻplashda sudga koʻmaklashishi shart”;
2) 26-moddaning:
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
toʻrtinchi qismi “iqtisodiy sudga” degan soʻzlardan keyin “yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 27-modda:
birinchi qismi:
7-bandining oʻzbekcha matnidagi “ishlarni hal qiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Arizachi ushbu moddada koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Ushbu moddada koʻrsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudda yoki iqtisodiy sudda koʻrib chiqilishi lozim”;
