“223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-833-son) · Sana: 26.04.2023 · Amalda
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga;
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”;
27) 243-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) ushbu Kodeks 244-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”;
28) 244-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;
29) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
