13-modda. Auditor tekshiruvining buyurtmachisi
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (78-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini qoʻzgʻatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam boʻlmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda auditorlik tekshiruvining yoʻnalishi va hajmini belgilash;
auditorning eʼtirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari toʻgʻrisidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini oʻz vaqtida toʻlashi shart.
