“971-modda. Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-817-son) · Sana: 15.02.2023 · Amalda
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi ushbu Kodeksning 1021-moddasida nazarda tutilgan komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:
mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan qiziqishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi;
mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.
Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Komissiya tomonidan tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkumlar bilan tarbiyaviy-profilaktika ishlari muassasa psixologini jalb etgan holda alohida reja asosida amalga oshiriladi.
Tuzalish yoʻliga oʻtmagan deb topilgan mahkum komissiyaning xulosasi ustidan ushbu Kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli”;
9) 102-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi”;
10) 1021-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlarni ragʻbatlantirish masalalari, shu jumladan qoʻllanilayotgan ragʻbatlantirish choralarining ushbu Kodeks 971-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligi jazoni ijro etish muassasasida tuzilgan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va ular boʻyicha xulosa qabul qilinadi”;
11) 113-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ijobiy tavsifga ega” degan soʻzlar “tuzalish yoʻliga oʻtgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
