“96-modda. Ijtimoiy soliqni toʻlash va mahkumlarning pensiya taʼminoti
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-817-son) · Sana: 15.02.2023 · Amalda
Jazoni ijro etish muassasalarining ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliq boʻyicha soliq solish obyektidir”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy soliq toʻlangan davr ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Muassasa maʼmuriyati mahkumning jazoni oʻtashi davrida soliq toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomani:
mahkum jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinishidan kamida uch ish kuni oldin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron tarzda yuboradi;
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotganida mahkumga qogʻoz shaklida beradi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
8) quyidagi mazmundagi 971-modda bilan toʻldirilsin:
