4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining geodeziya va kartografiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari
Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida (417-I-son) · Sana: 25.04.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida geodeziya va kartografiya ishi bilan shugʻullanuvchi barcha subyektlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining buyurtmalari boʻyicha umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlari, shuningdek maxsus (tarmoqqa oid) ishlar bajarilishini tashkil etadi;
davlat topografiya xaritalari va rejalarining yagona davlat koordinatalar, balandliklar, gravimetriya oʻlchovlari tizimlarini, masshtab qatorlarini belgilaydi;
geodeziya va kartografiyaga oid faoliyatni boshqaruvchi davlat organini belgilaydi;
oʻz vakolati doirasida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
