9-modda. Muhofaza choralarining amal qilish muddati
Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida (554-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Muhofaza choralarining amal qilish muddati toʻrt yildan oshmasligi lozim.
Agar iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun muhofaza chorasi zaruriyati saqlanib qolayotganligi qayta tekshiruv natijasida vakolatli organ tomonidan aniqlangan boʻlsa, muhofaza chorasining amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin. Bunda muhofaza chorasi amal qilishining umumiy muddati sakkiz yildan oshmasligi kerak.
Muvaqqat muhofaza chorasining amal qilish muddati ikki yuz kundan oshmasligi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muvaqqat muhofaza chorasini qoʻllanish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bunday choraning amal qilish muddati muhofaza chorasining umumiy amal qilish muddatiga qoʻshiladi.
