4-modda. Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadidagi tekshiruv
Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida (554-II-son) · Sana: 11.12.2003 · Amalda
Muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadidagi tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar importi koʻpayganligini, demping narxlaridagi tovar importi yoki subsidiya bilan taʼminlangan tovar importi mavjudligini hamda buning oqibatida iqtisodiyot tarmogʻiga yetkazilayotgan jiddiy zararning yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfining borligini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
Vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muhofaza choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini qoʻllanish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
