12-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining standartlashtirish sohasidagi vakolatlari
Standartlashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-800-son) · Sana: 03.11.2022 · Amalda
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
yangi standartlarni ishlab chiqishga, amaldagi standartlarga oʻzgartishlar kiritishga, ularni qayta koʻrib chiqishga va bekor qilishga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni standartlashtirish rejasiga kiritish uchun Standartlashtirish boʻyicha milliy organga taqdim etadi;
standartlashtirish rejasida nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi;
standartlar loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqadi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
standartlashtirish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatida Standartlashtirish boʻyicha milliy organ bilan birgalikda ishtirok etadi;
standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalarni tashkil etish, shuningdek rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va ularni Standartlashtirish boʻyicha milliy organga kiritadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
