25-modda. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va tugatish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va tugatish elektron raqamli imzo kaliti egasining arizasi asosida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza uning egasi tomonidan muddati koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda beriladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi toʻxtatib turilganda, tiklanganda va tugatilganda roʻyxatga olish markazi Reyestrga tegishli yozuvni kiritadi hamda bu haqda elektron raqamli imzo kalitining egasini uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishi roʻyxatga olish markazi tomonidan quyidagi hollarda ham elektron raqamli imzo kaliti egasining roziligidan qatʼi nazar, tugatiladi:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugaganda;
elektron raqamli imzo kalitining egasi ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi faktlari aniqlanganda;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish muddati tugaganda va uni tiklash uchun elektron raqamli imzo kaliti egasining arizasi mavjud boʻlmaganda.
