24-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida koʻrsatiladigan maʼlumotlar
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
elektron raqamli imzo kalitining egasi boʻlgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va shaxsiy identifikatsiya raqami;
elektron raqamli imzo kalitining egasi boʻlgan soliq toʻlovchi yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va identifikatsiya raqami;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining seriya raqami va uning amal qilish muddati;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti;
elektron raqamli imzoning ochiq kalitidan qaysi elektron raqamli imzo vositalari yordamida foydalanish mumkin boʻlsa, xuddi shunday vositalarning nomi;
mazkur sertifikatni bergan roʻyxatga olish markazining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
elektron raqamli imzo kalitidan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
elektron raqamli imzo kalitining mazkur sertifikati kiritilgan Reyestrning Internet jahon axborot tarmogʻidagi toʻliq manzili.
Elektron raqamli imzo kaliti egasining tashabbusiga koʻra elektron raqamli imzo kalitining sertifikatiga qonunchilikka muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
