14-modda. Roʻyxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish
Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida (O‘RQ-793-son) · Sana: 12.10.2022 · Amalda
Roʻyxatga olish markazini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma roʻyxatga olish markaziga Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda, elektron tarzda vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Roʻyxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma vakolatli davlat organining axborot resursida saqlanadi.
Roʻyxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma roʻyxatga olish markazining arizasiga asosan, amal qilishi besh yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Roʻyxatga olish markazi akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan taqdirda (yoʻqotilganda, yoʻq qilinganda va boshqa hollarda), uni tiklash roʻyxatga olish markazining arizasiga asosan vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
