32-modda. Favqulodda vaziyatlarni eʼlon qilish
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-790-son) · Sana: 17.08.2022 · Amalda
Favqulodda vaziyatlarni eʼlon qilish:
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli qarorlari;
respublika miqyosidagi va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatni eʼlon qilish maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga roʻy bergan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida taqdim etiladigan axborot asosida amalga oshiriladi.
