44-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini ragʻbatlantirish
Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-788-son) · Sana: 08.08.2022 · Amalda
Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar;
pul mukofoti;
navbatdan tashqari malaka darajasini berish;
minnatdorchilik eʼlon qilish;
qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash.
Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
