43-modda. Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibi
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ichimlik suvi inshootlaridagi texnologik ehtiyojlar uchun sarflanishni;
suvning ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarini taʼmirlash, butlovchi va ehtiyot qismlarni taʼmirlash va (yoki) almashtirish chogʻida sarflanishini;
ichimlik suvining yangi yotqizilgan ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarini ulash uchun sarflanishini;
suvning, shu jumladan ichimlik suvining ichimlik suvi taʼminoti tizimidagi avariyalar va nosozliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar natijasida yoʻqotilishini;
nosozliklar natijasida ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻidan ichimlik suvining yoʻqotilishini;
ichimlik suvining yongʻinni oʻchirish ehtiyojlari (yongʻinni oʻchirish, oʻt oʻchirishga qarshi gidrantlarni tekshirish, yongʻin-taktik mashqlar va mashgʻulotlar) uchun yoʻqotilishini;
ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun ichimlik suvi sarflanishini.
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari suvni oʻz ehtiyojlari uchun sarflashda suvni hisobga olish asboblaridan majburiy tartibda foydalanishi kerak.
