36-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga jismoniy va yuridik shaxslarni ulash
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanishi ulash nuqtasi orqali amalga oshiriladi.
Ichimlik suvining miqdori va bosimi, shuningdek oqova suvlarni qabul qilish sigʻimi yetarli boʻlganda, jismoniy va yuridik shaxslar ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti tomonidan taqdim etilgan texnik shartlar asosida ulanishi mumkin.
Taqdim etilgan texnik shartlar asosida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tayyorlangan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulanish loyihalari ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari bilan kelishib olinadi.
