35-modda. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi isteʼmolchilarning guruhlari
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Ichimlik suviga va oqova suvlarni chiqarib yuborishga boʻlgan ehtiyojga koʻra isteʼmolchilar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
birinchi guruh — jismoniy shaxslar;
ikkinchi guruh — idoraviy uy-joy fondi va yotoqxonalar, budjet tashkilotlari, diniy tashkilotlar, elchixonalar, diplomatik vakolatxonalar hamda ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar, uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari va issiqlik taʼminoti tashkilotlari;
uchinchi guruh — birinchi va ikkinchi guruhlarga kirmaydigan yuridik shaxslar.
