19-modda. Isteʼmolchilarning majburiyatlari
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Isteʼmolchilar:
ichimlik suvidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun tariflar oshgan taqdirda, oldindan toʻlangan toʻlovning qayta hisob-kitobini amalga oshirishi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi, inshootlardagi avariyalar yoki shikastlanishlar, ichimlik suvini hisobga olish asboblaridagi va ularning plombalaridagi shikastlanishlar toʻgʻrisida ichimlik suvi taʼminoti tashkilotini xabardor qilishi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi texnik holat uchun isteʼmolchilarning foydalanishga doir javobgarligi chegaralari doirasidagi avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etishi;
suvni hisobga olish asboblarining aniq koʻrsatkichlarini ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlariga oʻz vaqtida taqdim etishi;
ishlab chiqarish oqova suvlaridagi ifloslantiruvchi moddalarning lokal tozalash inshootlarida belgilangan normativlarga qadar tozalanishini taʼminlashi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlardan foydalanish uchun ruxsat etilgan nuqtalarga ulanishi shart.
Isteʼmolchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
