12-modda. Fuqarolarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tadbirlarda ishtirok etishi
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida (O‘RQ-784-son) · Sana: 22.07.2022 · Amalda
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonunchilikka muvofiq ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
