“82-modda. Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-782-son) · Sana: 29.06.2022 · Amalda
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “davlat va jamiyat ehtiyojlari” degan soʻzlar “jamoat ehtiyojlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 23-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida ariza topshirilguniga qadar qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari mavjudligi”;
3) 34-moddaning:
nomidagi “Xususiylashtirilgan yer uchastkasini” degan soʻzlar “Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan yer uchastkasini” degan soʻzlar “Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4) 35 va 36-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
